Boshqarma tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-sonli Farmoni asosida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasining tuzilmasi tasdiqlangan.
Boshqarmaning vazifalari
- Vazirlikka yuklatilgan asosiy vazifalar va funksiyalarning hududlarda ijrosini ta’minlash;
- Vazirlikning markaziy apparati boshqarma va bo‘limlarining vazifalarini Boshqarmaning tegishli bo‘lim va mutaxassislari tomonidan ijrosini ta’minlash;
- idoraviy mansubligidan qat’iy nazar professional ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘quv-pedagogik va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, kadrlar tayyorlash sifati, ta’lim mazmuni va darajasini ta’lim va professional standartlar talablariga mosligini ta’minlash;
- professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish ahvolini o‘rganadi, takomillashtirish va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga uslubiy yordam ko‘rsatish;
- ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich takomillashtirib borishda ish beruvchi korxonalar bilan hamkorlik ishlarini tashkil etish;
- professional ta’lim muassasalari o‘quv-metodik ishlarini ularning idoraviy mansubligidan qat’iy nazar muvofiqlashtirish;
- professional ta’lim tuzilmalari va bo‘limlari ishlarini o‘quv-metodik jihatdan muvofiqlashtirishda taklif va tavsiyalar tayyorlash;
- kasb-hunar maktablari o‘quvchilarini umumta’lim fanlaridan darsliklar bilan ta’minlashni tashkil etish;
- axborot-kutubxona markazlar ishlarini nazorat qilish hamda turli tanlovlar tashkil etish;
- davlat namunasidagi hujjatlarni berilishini hamda ularni elektron bazalarga kiritilishini nazorat qiladi;
- professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun diplom va diplom ilovalariga hamda sertifikat blankalariga Vazirlikka buyurtmalar berish;
- professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarga beriladigan diplom va diplom ilovalariga hamda sertifikat blankalariga individual QR-kod qo‘yish tizimi orqali to‘g‘ri to‘ldirilishi, tarqatilishini nazorat qilish;
- o‘quvchilik guvohnomalari va o‘quv mashg‘uloti jurnallariga buyurtmalarni shakllantirish va ta’lim muassasalariga yetkazilishini tashkil qilish;
- professional ta’lim muassasalarida qisqa muddatli kurslarni tashkil etish hamda qisqa muddatli kurslarning o‘quv dasturlarni ishlab chiqishni tashkil
Boshqarmaning funksiyalari
- Boshqarma va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;
- professional ta’lim muassasalari tomonidan qonunchilik hujjatlari, Vazirlikning buyruqlari bajarilishi muntazam nazorat qilinishini ta’minlaydi;
- professional ta’lim muassasalari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
- professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish ahvolini o‘rganadi, takomillashtirish va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
- ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich takomillashtirib borishda ish beruvchi korxonalar bilan hamkorlik ishlarini tashkil etadi;
- o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi;
- professional ta’lim muassasalarining darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy- adabiyotlar, lug‘atlar, ensiklopediyalar va badiiy adabiyotlar bo‘lgan real ehtiyojini o‘rganadi va buyurtma beradi;
- kasb-hunar maktablari o‘quvchilarini umumta’lim fanlaridan darsliklar bilan ta’minlashni tashkil etadi;
- axborot-kutubxona markazlar ishlarini nazorat qiladi hamda turli tanlovlar tashkil etadi;
- professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun diplom va diplom ilovalariga hamda sertifikat blankalariga Vazirlikka buyurtmalar beradi;
- professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarga beriladigan diplom va diplom ilovalariga hamda sertifikat blankalariga individual QR-kod qo‘yish tizimi orqali to‘g‘ri toldirilishi, tarqatilishini nazorat qiladi;
- professional ta’lim muassasalarida qisqa muddatli kurslarni tashkil etish hamda qisqa muddatli kurslarning o‘quv dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;
- idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, boshlang‘ich professional, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari o‘quv- metodik ishlarini rivojlantiradi;
- professional ta’limini rivojlantirish bo‘yicha kengashlar, simpoziumlar, seminarlar, o‘quv-metodik konferensiyalar, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
- o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berishda ta’lim muassasalari tomonidan o‘z vaqtida kiritilishini nazorat qiladi;
- nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda professional ta’lim muassasalarida ta’lim berishning muqobil shakllarini rivojlantiradi;
- professional ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartini va mutaxassisliklar (kasblar) ta’lim standartlarini bajarish monitoringini tashkil etadi;
- jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali o‘quvchilar va o‘qituvchilarning jahon ta’lim resurslari, adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi;
- professional ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish borasida professional ta’lim muassasalari direktorlari kengashlari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi;
- davlat va nodavlat professional ta’lim muassasalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalash, attestatsiya va akkreditatsiya qilish ishlarida o‘z vakolati doirasida ishtirok etadi;
- qonunchilik hujjatlariga muvofiq professional ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini rejalashtiradi, tashkil etadi hamda pedagog kadrlari attestatsiyasida ishtirok etadi;
- vakolati doirasida tegishli tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish- xo‘jalik va boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
- viloyat iqtisodiyotining tarmoqlarini o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish dasturlarini innovatsion rivojlanish tadbirlari va ularni amalga oshirish mexanizmlarini inobatga olgan holda shakllantirishga ko‘maklashadi;
- hudud iqtisodiyotining ustuvor sohalarini rivojlantirishga amaliy innovatsion tadbirlarni joriy qilish orqali sohaning raqobatbardoshligini oshirishga ko‘maklashadi;
- hududdagi ilmiy salohiyat asosida iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etadi;
- ta’lim muassasalari attestatsiyasini sifatli va samarali o‘tkazilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- ta’lim muassasalarining attestatsiyasiga jalb qilinadigan ekspertlar nomzodlari bo‘yicha takliflar kiritish;
- hududlardagi maktabgacha va umumta’lim muassasalari attestatsiyasi va akkreditatsiyasi bo‘yicha takliflarni vazirlikka taqdim etish;
- hududdagi ta’lim muassasalarida ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatini o‘rganish maqsadida sotsiologik so‘rovnomalarni o‘tkazish;
- ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovi orqali tanlab olish tartiblarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- test sinovi ishtirokchilari uchun test sinovini o‘tkazish tartibi bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil qilish;
- test topshiruvchilar uchun test sinovi tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
- test sinovlarining belgilangan tartib va qoidalar asosida tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlash;
- test sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- test sinovlari nazoratini amalga oshiruvchi mas’ul shaxslarning bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantiruvchi amaliy seminarlar tashkil qilish.
- hududda xorijiy tillarni o‘qitish sohasida uzluksiz ta’lim zanjirini joriy etish maqsadida aholining barcha qatlamlariga mos bo‘lgan tilni o‘rganish bo‘yicha uslubiyot va tavsiyalarni ishlab chiqishni muvofiqlashtirish;
- xorijiy tillami puxta o‘zlashtirish, tilning asosiy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun videorolik, o‘yin, ko‘ngilochar ko‘rsatuv, filmlar va boshqa o‘rgatuvchi kontent yaratilishini tashkil etish;
- davlat tilidan xorijiy tillarga va xorijiy tillardan davlat tiliga professional tarjima qilish uslubiyotlarini yaratish hamda ushbu yo‘nalishda mutaxassislarning malakasini oshirishda ko‘maklashish;
- hududda tarmoqlar, davlat organlari va ta’lim tashkilotlari kesimida xorijiy tillarni bilish reytingini yuritish, xorijiy tillarni o‘rganishni yanada ommalashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- Boshqarma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.